Avtobuslardagi monitorlarga reklama joylashtirish
UTA Media Groupning asosiy faoliyatlaridan biri bu video-reklamani Toshkent shahri hududidagi yagona transport-avtobus tarmog’ida joylashtirishdan iborat.
Yagona transport-avtobuslar tarmog’i har kuni minglab kishilar qatnaydigan joy. Ularning barchasi turli xil mahsulotlar va xizmatlarning xaridorlari. Albattaki, reklama beruvchilar o’z reklamalarini yo’lovchilar e’tiboriga yetkazishga harakat qiladi. Shu o’rinda, transport salonlarida bannerlar yoki varaqalarni yopishtirish orqali reklama qilish bu kechagi kun voqeligi. Bugun tamomila yangicha yo’nalish - dinamik reklama avj olmoqda.
Buning uchun biz 21-dyuymli monitorlardan foydalanamiz. Ushbu reklamani ko’zdan qochirish mumkin emas. Safar jarayonida yo’lovchi monitordagi tasvirga istasa-istamasa nazar tashlaydi, chunki transport yo’nalishi davomida yo’lovchilar odatda biror-bir mashg’ulot bilan band bo’lmaydilar va ular avtobusda o’rnatilgan monitorlarda namoyish etilayotgan murakkab bo’lmagan tilda va tasvirlar bilan ifodalangan hamda dolzarb ma’lumotlarni qabul qilishga tayyor bo’ladi.
Mercedes-Benz Conecto LF avtobus salonlarida ikkita monitor o’rnatilgan, shunday bo’lsa-da, uzatilayotgan tasvirlar deyarli barcha yo’lovchi o’rindiqlaridan qiyinchiliklarsiz ko’rib boriladi. Videoning namoyishi doimiy amalga oshirib boriladi, uni uzib qo’yish va yoki to’xtatib qo’yish mumkin bo’lmaydi, demakki, yarim soatli safar chog’ida rolikni 10 marta ko’rgan yo’lovchi uni beixtiyor yodlab olishga ham ulguradi. Mazkur jarayon kamtarona kechishi tufayli, u nihoyatda barchaga tanish va kundalik hayotdagi oddiy voqelikdek e’tirof etiladi. Yo’lovchilar ushbu shakldagi video-reklamani ko’rib borish ularning shaxsiy vaqtini an’anaviy televideniye reklamasi singari o’g’irlamasligini qayd etganlar. Reklama bilan bir qatorda biz turli xil o’yinlar va SMS-viktorinalarini uzatishimiz ham mumkin, bu esa o’z navbatida, avtobusda video-reklamaning hissiy qabul etilishi darajasini oshiradi. Transportdagi monitorlar video-reklamadan tortib, flesh-animatsiyaga qadar bo’lgan to’laqonli reklama roliklarini aks ettirish imkonini beradi.
Taqdimot yuklab olish